KELAJAK QANCHALAR YAQIN


Umrimiz davomida o'tmishni unutishga qanchalik urinmaylik, tarixni eslamay yashash imkonsiz. Ammo butunlay tarixga bog'lanib qolish ham yaramaydi. Kelajakka intilib ertangi kunga ishonib yashash kerak. 

Kelajak yoshlar qo'lida degan gapni birinchi marta qachon eshitganingizni eslay olasizmi? Masalan, men maktab davrlarida eshitganman buni. Lekin bu gap undan avval ham bor edi. Beixtiyor savol tug'iladi: 
 O'sha yoshlar qo'lidagi, orzulardagi kelajak qachon keladi? 

Ehtimol, hozirgi avlod bundan 20 yil oldingilaridan salohiyatlidir. Biroq biz ko'zlagan kelajak aslida bundan ham yuksakroqda edi. Demak, kelajakni o'zgartirishni yoshlarga topshirish, biz istagandek hayotni yoshlardan kutish mumkin. Qaysiki hali tug'ilmagan yoshlardan. Biz xohlagan atmosferaga yaqin bo'lgan hayotda tug'ilib voyaga yetadigan yoshlardan. 

Fikrim sizga bema'ni bo'lib tuyulyaptimi? Demak siz men ko'rganni ko'rmagansiz, men bilgan narsani bilmaysiz! 
Chunki biz kutgan kelajak biz o'ylagandek yaqin masofada emas deb qo'rqaman. Kelajakdan umid qilib yashash bu - olma pish, og'zimga tush degan bilan barobar. Biz esa, keyingi hayotimizga ishonch bilan qarab, shunga yarasha harakat qilishimiz kerak! 

22:30  06.11.2019

Comments

Popular posts from this blog

TINCHLIK QADRI yohud "Alvido, qurol!"

BAGʻDODDA NIMA GAPLAR?

Yurist va jurnalist Zafarbek Solijonov bilan suhbat