Hayot qonuni
#motive_time
Agar muammolarimiz haqida hadeb o'ylanaversak, xotiralar, hayollar bizni ezib yuboradi. Nimadir haqida doimo o'ylab yursangiz bu o'ylar sizni adoyi tamom qiladi.
Bunday bo'lmaslik uchun taqdirning hukmiga ko'nib qo'ya qolish kerak. Yo'q, Bu taslim bo'lish emas!
Bu muammolar bizni halok etmasligi uchun biz taqdirga tan bermog'imiz lozim.
Do'stingiz siz uning yordamiga muxtoj bo'lib, ko'mak so'rab borganingizda sizdan yuz o'girsa, buning uchun siqilish yoki oh-voh solish, o'ylanib yurish kerak emas. Chunki agar siz yaxshi bo'lsangiz taqdir qanchalik sizni do'stlaringizdan ayirmasin, siz baribir o'zingizga yaxshi do'st topib olaverasiz.
Har bir ishdan hikmat izlash kerak. U albatta bor. Muammolaringizda ham, yutuqlaringizda ham bir hikmat bor. Boshqalar nima deyishayotganini unuting. Siz hozirgi darajangizga va bundan ham ko'prog'iga loyiqsiz va bunga erishasiz.
16:25 04.11.2019
Comments